» » Hindistonda o‘lgani aytilgan qizcha dafn etilayotganida yig‘lab yubordi

Hindistonda o‘lgani aytilgan qizcha dafn etilayotganida yig‘lab yubordi


Hindistonning Rojaston shtatida tibbiyot xodimlari vafot etganini aytgan yangi tug‘ilgan chaqaloq dafn etilayotgan paytda yig‘lab yubordi, deb xabar berdi Times of India.

Qayd etilishicha, tug‘ruqni qabul qilgan hamshira qizchaning o‘lik tug‘ilganini aytgan. Shundan so‘ng qizchani polietilen paketga o‘rab, dafn etish uchun onasiga berishgan.

Oila a’zolari dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda qizcha kutilmaganda yig‘lab yuborgan.

Uning otasi shu zahotiyoq tez yordam chaqirgan. Biroq shifokorlar bir yarim soat o‘tgach yetib kelgan. Bu vaqtda qizchaning ahvoli og‘irlashib, u vafot etgan.

Chaqaloqning oilasi kasalxona xodimlarini sovuqqonlikda ayblagan. Tibbiyot xodimlari esa aybni bo‘yniga olmagan. Ular oilani bolaning o‘limi rasman qayd etilmasdan uni kasalxonadan olib ketganlikda ayblagan.

Mavzuga doir: Xitoyda krematsiya qilinib, ko‘milgan erkak uyiga tirik holda qaytib keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют