» » Rossiya Premyer Ligasining 28-tur ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Rossiya Premyer Ligasining 28-tur ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 28-tur ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.

Ramziy terma jamoadan “Ural”ni yirik hisobda taslim etgan (0:3) “Krasnodar”ning besh nafar futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Spartak”ning ikki futbolchisi ham top-11 likdan joy olgan. Qizig‘i shundaki, moskvaliklar ushbu turda “Sochi”ga yutqazib qo‘ygandi (0:1).

RPL 28-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Matvey Safonov (“Krasnodar”);

Himoyachilar: Duglas Santos (“Zenit”), Samyuel Jigo (“Spartak”), Dennis Hajikadunich (“Rostov”), Sergey Petrov (“Krasnodar”);

Yarim himoyachilar: Aleks Kral (“Spartak”), Manuel Fernandesh, Vanderson (ikkisi — “Krasnodar”), Kirill Panchenko (“Dinamo”);

Hujumchilar: Markus Berg (“Krasnodar”), Fyodor Chalov (SSKA).

Eslatib o‘tamiz, RPL 28-turida Oston O‘runovning “Ufa”si “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi (1:1). Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Rostov” esa autsayder “Orenburg”ni yenga olmadi (0:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют