» » Shotlandiyada joylashgan orol kvartira narxida sotuvga qo‘yildi

Shotlandiyada joylashgan orol kvartira narxida sotuvga qo‘yildi


Shotlandiyada joylashgan orol Londondagi kvartira narxida sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Metro.

Inchconnachan nomli kimsasiz orol 500 ming funt sterlingga sotilmoqda. Nashrning yozishicha, Londondagi kvartiralar narxi ham, taxminan, shu atrofda.

Orolning maydoni 42 gektarga teng bo‘lib, Lox-Lomond ko‘li o‘rtasida joylashgan. U o‘simliklar bilan zich qoplangan va 20 yildan buyon hech kim yashamaydi.

Unga faqat qayiqda yetib borish mumkin. Orolda 1920-yillarda yog‘ochdan qurilgan uy mavjud. Uni buzib tashlashga, shuningdek, beshta yotoqxonaga ega yangi uy qurishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, orolning yangi egalari qayiqlar stansiyasi, pirs (kemalarni bog‘lab qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus joy) va qo‘shimcha kulba qurishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Shotlandiyada maydoni 1,8 ming gektardan ortiq bo‘lgan orol 4,25 million funt sterlingga sotuvga qo‘yilgan edi.

Mavzuga doir: Irlandiyada shoir Richard Merfiga tegishli bo‘lgan kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют