» » Superliga. “Paxtakor” 2 daqiqa ichida ikkita gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Paxtakor” 2 daqiqa ichida ikkita gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 9-turida “Paxtakor” 13-iyul, dushanba kuni OKMKni qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faolligi ostida boshlandi, vaziyatlar yaratishda “sherlar” biroz ustunlik qildi. Biroq birinchi bo‘lib gol urish olmaliqliklarga nasib etdi. 33-daqiqada Arslanmurod Amanov qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan Eldor Suyunov darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Farrux Sayfiyev maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va Mate Vatsadze darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning uzatmasidan keyin to‘p Hojiakbar Alijonovning qo‘liga tegdi va hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Yovan Jokich aniq bajarib, “konchilar”ning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim yarmiga kelib Shota Arveladze shogirdlari vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Igor Sergeyev hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Doston Hamdamov muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur durangdan keyin “Paxtakor” 22 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Mirjalol Qosimov jamoasi esa mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda 21 ochko bilan ikkinchi pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

9-tur bahslari

13-iyul, dushanba

Gollar: 0:1 – 33 Amanov, 0:2 – 53, Jokich, 1:2 – 72 Sergeyev, 2:2 – 74 Hamdamov.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 89), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Yegor Krimets (Sherzod A’zamov, 31), Anzur Ismoilov, Farruh Sayfiyev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 89), Eren Derdiyok (Igor Sergeyev, 60).

OKMK: Suhrob Sultonov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Murod Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Yovan Jokich, Arslonmurod Amanov (Saydullo Rahmatov, 80), Bahrom Abduraximov (Shahzod Nurmatov, 56), Hojimat Erkinov, Mate Vatsadze.

Ogohlantirish: Masharipov (89).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют