» » Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ketma-ket 15 kun konsert berdi (foto)

Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ketma-ket 15 kun konsert berdi (foto)


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘n yillik tanaffusdan so‘ng 9—23-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert berdi.

Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, dasturda asosan yangi taronalar kuylandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi O‘tkir Siddiqov olib borgan konsertning Deyarli har bir taronasiga raqslar tayyorlangan bo‘lib, ular puxta ijro qilindi.

“Bahorim” deb nomlangan qo‘shiq bilan boshlangan konsert davomida “Yallo demasman-ey”, shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Qizg‘aldog‘im” she’riga bastalangan qo‘shiq, shuningdek, dasturga nomi berilgan “Ey aziz inson” nomli taronalar kuylandi.

Yangi qo‘shiqlar qatorida “Jim, quloq sol dunyo”, “Namangandan ketar bo‘lsam, meni yo‘qlar kishim bormu?” kabilarni ham alohida e’tirof etsa arziydi. Bundan tashqari, Yulduz Usmonova xalq orasida ommalashib ulgurgan “Qirolichaman”, “Sanamgina”, “Nastarin” kabi qo‘shiqlarini yana bir bor kuyladi.

Yulduz Usmonova konsertga nima uchun “Ey aziz inson” deb nom berganiga esa alohida to‘xtaldi.

Hamma ham xato qiladi, ammo to‘g‘ri xulosani chiqarish barchaga ham nasib etavermaydi. Men o‘zimning kichik bir olamimada shuni tushunib yetdim: Alloh Hazrati insonni yaratdiki, unga farishtani ham tiz cho‘ktirib qo‘ydi, lekin inson insondan or qiladi.

Biz insonni beshiklik vaqtidanoq e’zozlashni o‘rgana olmayapmiz, oyoqosti qilamiz. Kimdir yetim, kimdir butun; kimdir och, kimdir to‘q, lekin kim aslida kim va nima bo‘ladi — buni faqat Alloh biladi; siz bilan biz birovni chertayotganda o‘sha odam ertaga kim bo‘lib ketadi — buni faqat Alloh biladi.

Alloh e’zoz qilganni bandasi tushira olmaydi. Alloh Hazrati inson qilib yaratgani rost bo‘lsin. Hammamiz adashmasdan, bir-birimizni qiymatimizni bilib yashashimiz kerak.

Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют