» » Qozog‘istonda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytiriladi

Qozog‘istonda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytiriladi


Qozog‘istonda qat’iy karantin chekovlari uzaytiriladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Twitter’da ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews.

Prezidentning ma’lum qilishicha, karantin iyul oyining oxirigacha uzaytiriladi.

“Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sababli karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytiriladi. Ertaga hukumat komissiyasi qaror qabul qiladi. Karantin unga amal qilish sharti bilan aholi salomatligi uchun kerak”, — deya yozgan To‘qayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Mavzuga doir: “Qozog‘istonda tarqalgan ‘noma’lum’ pnevmoniya koronavirus bo‘lishi mumkin” — JSST

Bundan tashqari, To‘qayev ehtiyojmand kishilarga iyul oyida 42 500 tangadan (1 048 000 so‘m) to‘lanishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 5-iyuldan boshlab ikki haftaga qat’iy karantin rejimi joriy qilingan. 13-iyul kuni esa Qozog‘istonda koronavirus qurbonlarini xotirlash kuni deya e’lon qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 59 899 kishi koronavirus bilan kasallangan, 375 kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda pandemiya sabab qo‘y yog‘i va biya sutiga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют