» » Farg‘ona viloyati hokimligi: So‘x tumani muammolarini bartaraf etishga sarflanayotgan mablag‘larning mahalliy budjetga ta’siri yo‘q

Farg‘ona viloyati hokimligi: So‘x tumani muammolarini bartaraf etishga sarflanayotgan mablag‘larning mahalliy budjetga ta’siri yo‘q


Farg‘ona viloyatining So‘x tumani muammolarini bartaraf etishga sarflanadigan mablag‘larning mahalliy budjetga ta’siri yo‘q. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida So‘x tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun 100 milliard so‘m ajratish belgilangan. Ushbu mablag‘lar suv quvurlarini tortish, yo‘llarni ta’mirlash kabi iijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘natirilishi rejalashtirilgan.

“So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga respublikadan ajratilgan mablag‘lar yetadi. Bu viloyatning mahalliy budjetiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Hozirgi kunda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bosh vazir boshchiligida bosh vazir o‘rinbosarlari va mas’ul idora rahbarlari har bir yo‘nalish bo‘yicha nimalar qilinishi va qancha mablag‘ ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqdi”, — dedi viloyat hokimi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev.

Mavzuga oid: Shuhrat G‘aniyev: Men “So‘x voqealari” degan iboraga qarshiman

Hokim o‘rinbosarining ta’kidlashicha, tuman aklav hududda joylashgani bois ishlab chiqarish, sanoat sohasida ko‘rsatkichlari past. Shuni hisobga olib, qaror loyihasida tumanda ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari berish ko‘zda tutilgan. Bu orqali ham chetdan, ham viloyatdan investorlar jalb qilinadi.

“Tumanda sement, qum, tosh, gips, angdirivd kabi qurilish materiallariga resurs katta. Hozirda meva va sabzavot mahsulotlarining atigi 10-15 foizi qayta ishlanyapti. Ishlab chiqilgan qarorda 450 milliard so‘mlik loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Agar ushbu loyihalar ishga tushsa, ham meva va sabzavot mahsulotlarini, ham qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda anchagina o‘zgarish bo‘ladi. Yo‘llarni yaxshilash maqsadida sementobeton yo‘llarni qurish uchun jami 20 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, tumandagi Qayroq massiviga suv tortish ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu bilan massivda 2 ming gektardan ortiq yerlar o‘zlashtiriladi”, — dedi Ubaydullayev.

Viloyat hokmiligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, So‘x tumani mahalliy budjetiga yiliga 52 milliard so‘m mablag‘ kelib tushadi va bu viloyat budjetining 1,5 foizini tashkil etadi. Tushumlar tumandagi maktab, bog‘cha, pensiyalar – mahalliy xarajatlarning 50 foizini qoplashgagina yetadi. Qolgan xarajatlar viloyat budjetidan to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashgan.

Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan hodisa yuzasidan muzokara olib borgan. Shu kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qilgan. Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurgan. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют