» » Olimlar koronavirusga antitanalar vaqt o‘tishi bilan kamayishini aniqladi. Bu ularning qayta kasallanishi mumkinligini bildiradi

Olimlar koronavirusga antitanalar vaqt o‘tishi bilan kamayishini aniqladi. Bu ularning qayta kasallanishi mumkinligini bildiradi


Germaniyalik olimlar koronavirusdan tuzalib chiqqan odam organizmida paydo bo‘ladigan antitanalar miqdori vaqt o‘tishi bilan kamayishini aniqladi, deb xabar bermoqda “RBK” ZDF telekanaliga tayanib. Ularning fikricha, bu odamlarni koronavirusga qarshi emlashning uzoq muddatli samadorligini shubha ostiga olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Myunxendagi Shvabing yuqumli kasalliklar klinikasida yanvar oyi oxirlarida davolangan bemorlarda qon tahlili o‘tkazilganda, ularda antitanalar miqdori sezilardi darajada kamaygani aniqlangan.

“Faqat yuqori xavsizlikdagi laboratoriyada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan test natijalaridan to‘qqiz nafar bermorning to‘rt nafarida antitanalar miqdori kamayganining guvohli bo‘ldik”, — degan Shvabing yuqumli kasalliklar klinikasi bosh shifokori Klemens Vendtner. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu tadqiqot natijalari odam koronavirus bilan qaytadan kasallanishi mumkinligidan dalolat beradi, ammo bu vaksinatsiyalash kampaniyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali to‘liq o‘rganilmaganini tan oldi.

Guardian’ning yozishicha, London qirollik kolleji olimlari ham xuddi shunday xulosaga keldi. Ular kasallikdan tuzalgandan so‘ng bir necha oy ichida koronavirusga antitanalar miqdori kamayganini isbotlovchi tadqiqot natijalarini e’lon qilgan.

Tadqidotchilar 90 nafardan ortiq bemorlani kuzatib, koronavirusga antitanalarning maksimal miqdori kasallik alomatlari aniqlanganidan uch hafta o‘tgach paydo bo‘ladi, degan xulosaga kelgan. Shundan so‘ng uning miqdori tezlik bilan kamayib boradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, 60 foiz kishilar kasallikdan so‘ng COVID-19’ga kuchli immunitetga ega bo‘lgan, biroq oradan uch oy o‘tib ularning faqat 17 foizigina kasallikka qarshi shunday immunitetni saqlab qolgan. Qolganlarida antitanalar miqdori 23 baravar kamaygan, ayrimlarida esa butunlay yo‘qolgan.

Tadqidotning asosiy muallifi bo‘lmish Keti Dorsning aytishicha, antitananing bunday xususiyati vaksinatsiyalash dasturiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Odamlar virusdan yuqori darajada himoyaga muhtoj bo‘lishi va vaksinaning bitta inyeksiyasi yetarli bo‘lmasligi mumkin”, — deydi u.

Avvalroq O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov ham koronavirusga qayta chalinish ehtimoli va antitanachalar tahlili borasida o‘z fikrlarini bayon qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют