» » “Davyergeodezkadastr”da 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi

“Davyergeodezkadastr”da 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi


“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasida 10-iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko‘ra lavozimini suiiste’mol qilib, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o‘z nafsini o‘ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud. Har bir davlat idorasi bundaylardan xoli maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bo‘lmaydi.

10-iyul kuni kadastr yo‘nalishida ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlarga yo‘l qo‘ygan respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi raisi Halilillo To‘raxo‘jayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchun fuqarolardan yordam so‘ragan edi.

Halilullo To‘raxo‘jayev “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan, shuningdek, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflarga ega o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirgan.

“Buning uchun hozirda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasi, 1097 ishonch telefoni, shuningdek, sizlarga qulay bo‘lishi uchun Telegram messenjerida qayta aloqa boti ishga tushirildi va mening shaxsiy elektron ‘01@ygk.uz’ manzilimga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etishingiz mumkin. Har bir murojaatingizni e’tibor bilan o‘rganamiz”, — degan edi qo‘mita raisi.

Ma’lumot uchun, Halilillo To‘raxo‘jayev 30-iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagan edi. Bungacha u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют