» » AQSh sudi 17 yil ichida birinchi bor federal darajadagi qatlni ijro etishga ruxsat berdi

AQSh sudi 17 yil ichida birinchi bor federal darajadagi qatlni ijro etishga ruxsat berdi


AQShda so‘nggi 17 yil ichida birinchi marotaba 13-iyul, dushanba kuni federal qamoqxonada o‘lim jazosi ijro qilindi, deb xabar beradi The New York Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1996-yilda uch kishidan iborat oilasini o‘ldirgan 47 yoshli Daniel Lyuis Li qatl etiladi. U 2003-yildan buyon birinchi bor AQShda federal darajada o‘lim jazosi ijro etiladigan to‘rtta jinoyatchidan biri hisoblanadi. Ularning barchasi bolalarni o‘ldirishda aybdor deb topilgan va belgilangan jazo iyul—avgust oylari amalga oshiriladi.

Lyuis Liga belgilangan hukmning ijrosida ishtirok etuvchi barcha tibbiy niqob taqqan bo‘lishi kerak va ularning tana harorati o‘lchanadi. Nashrning yozishicha, qurbonning oilasi AQSh Oliy sudiga murojaat qilish niyatida.

Avvalroq Lyuis Lining qarindoshlari o‘lim jazosi ijrosini kechiktirishni so‘ragan edi. Ularning fikricha, mahkum saqlanayotgan Terr-Xout qamoqxonasi administratsiyasi koronavirus epidemiyasi vaqtida hukm ijrosini kuzatish uchun kelganlarning xavfsizligini ta’minlay olmaydi. Indiana okrug sudi sudyasi 10-iyul kuni o‘lim jazosi ijrosini keyinga qoldirgan edi, biroq undan yuqori turuvchi instansiya ushbu qarorni bekor qilgan.

2019-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 2600 dan ortiq mahbuslar o‘lim jazosiga hukm qilingan. Federal doirada esa 62 kishiga shunday jazo turi tayinlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 05:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют