» » Nurmat Otabekov: Balki biz koronavirus kasalligi bilan birga yashashga majbur bo‘larmiz

Nurmat Otabekov: Balki biz koronavirus kasalligi bilan birga yashashga majbur bo‘larmiz


AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov insoniyat koronavirus infeksiyasini qachon yengishi borasidagi savollarga izoh berib o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardoblarini bemorlarga quyish tajribasi bekor qilindi

“Albatta, insoniyat hozir bu savolni ko‘ndalang qo‘yishga ojizlik qilyapti. Hozir biz kasallanish holatlarini kamaytirganimizning o‘zida qandaydir natijaga erishamiz. Lekin zinhor kasallanish ko‘rsatkichining pasayishi pandemiya tugadi, tamom degani emas. Shunday ekan, koronavirus kasalligining balki yana qaytadan avj olish ehtimollari ham yo‘q emas. Buni kelgusida vaqt ko‘rsatadi. Eng asosiysi, biz mana shu karantin va cheklov tadbirlari orqali kasallik ko‘rsatkichiga ta’sir qila olishimizni anglab yetdik. Hayotimizda bu holatni bir marta isbotladik. Shunday ekan, bizning asosiy maqsadimiz kasallik manbasini jilovlash orqali epidemik vaziyatni barqarorlashtirish. Kasallikni to‘liq yengib olish endi birmuncha qiyin. Balki biz koronavirus kasalligi bilan birga yashashga majbur bo‘larmiz. Aynan mana shunday holatda kasallikka chalinmasdan o‘zimizni sog‘lom saqlab qola bilish imkoniyatlarini ishga soladigan holat aynan hozirgi davr hisoblanadi. Shunday ekan, biz kasallikni to‘liq yengib yuborishdan ko‘ra ko‘proq kasallik juda bir jiddiy asoratlarini chaqirmasdan biz bilan birga yashashiga o‘rganishi ko‘proq ehtimoldan holi emas.

Bitta narsani aniq bilaylik, kasallik qo‘zg‘atuvchilari hech qachon o‘ziga boshi berk ko‘chani qidirmaydi. Viruslar ham hozir izlanishda. Ularni quvib yoki o‘ldirishga urinishimizga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zgarishni davom ettiradi va biz sezmaydigan darajada kelib olib, bir umrlik xo‘jayinga ega bo‘lish imkoniyati bor. Viruslar shunaqa tez o‘zgarib, tez moslashuvchi jonzotlar. Shunday ekan, bunday imkoniyatlar borligini unutmasligimiz kerak”.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют