» » O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarni pasaytirib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligi aytildi

O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarni pasaytirib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligi aytildi


AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov aholidan kelib tushgan savollarda so‘nggi vaqtlarda o‘lim va kasallanganlar bo‘yicha real raqamlar xususida ishonchsizlik keltirib chiqarayotgan holatlar haqida izoh berib o‘tdi.

Jumladan, mutaxassis Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytgan holatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday ma’lumot bermagani masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

Mavzuga doir: Toshkentda aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari nima uchun keskin oshib ketdi?

“O‘zbekistonda koronavirus kasalligidan vafot etganlar, hatto boshqa biror: yurak, o‘pka, yurak qon-tomir tizimidagi kasalliklar tufayli vafot etgan bo‘la turib, ulardan olingan namunalarda koronavirus kasalligi aniqlangan bo‘lsa ham barchasi statistikaga qo‘shilyapti. Ahamiyat bersangiz, O‘zbekistonda ba’zi kunlarda ushbu kasallikdan 1-2 emas, hattoki 6 ta o‘lim ko‘rsatkichi haqida ham ma’lumot berildi. Shuning uchun bu ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan, faqat siz qidirgan manbalardan topmagan bo‘lishingiz mumkin. Lekin O‘zbekistonda ushbu kasallikdan vafot etganlar soni zinhor yashirilmayapti. Bundan hech qanaqa manfaat yo‘q. Qachonki aholimiz ushbu kasallik alomatlaridan o‘lim mavjudligini bilib xushyor va sergak tortadigan bo‘lsa, nega biz bu axborotni yetkazmaymiz?! Asosiy maqsadimiz axborotlarni sizga yetkazish orqali sizni sergaklikka tortish, qolaversa salomatligingizga mas’uliyat bilan yondashib, xushyorroq bo‘lishingiz talab etiladi. Biz kasallikka chalinganlarni nechog‘lik erta shifoxonaga yotqizib, erta davolash muolajalarini olishga imkoniyat yaratib bera olsak, kutgan ijobiy natijalarimiz ko‘proq bo‘ladi. Biz bundan manfaatdormiz”.

Mavzuga doir: “O‘zing uchun o‘l yetim”. Adliya vaziri maslahatchisi koronavirusga oilaviy chalingani va COVID-19’ga test topshira olmayotganini ma’lum qildi

Shuningdek, Otabekov Navoiy viloyatida kasallanganlar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan mutasaddi vakillar kasallanganlar to‘g‘risidagi statistikani kamaytirib ko‘rsatayotgani xususidagi e’tirozli savolga quyidagicha javob bergan:

“Birinchidan, respublikada koronavirusga chalingan bemorlarning barchasi ro‘yxatga olinayotganini e’tirof etishimiz kerak. Kasallikka chalinganlarni yashirish yoki statistik ma’lumotlarni pasaytirib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emas. Yuqumli kasalliklar aynan o‘sha yashirish holatlarini kechirmaydi. Demak, agar biz kasallikni ro‘yxatga olmasak, statistik ma’lumotlarda ko‘rsatmasak, o‘sha kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmaydi. Statistik ma’lumotlarda ba’zi bir raqamlar kam qilib ko‘rsatish holatlari bo‘ladigan bo‘lsa bu bilmadim kimning tashabbusi bilan, lekin eng asosiysi, bilib qo‘yish kerakki, respublikada bu kasallikka chalinganlar, vafot etganlar sonini yashirishdan hech qanday manfaat yo‘q. Kasallar soni 100 taga ko‘p yoki 100 taga kam, o‘lim ko‘rsatkichi birmuncha ko‘p yoki kam ekanligi ahamiyatsiz, eng asosiysi, biz har bir kasallik manbasini jilovlashimiz, o‘sha kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi”.

Mavzuga doir: O‘zSSV “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” degan marhum bemorni kasalxonalar bir necha bor qabul qilmagan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallanish holatlari SSV bergan ma’lumotlardan ko‘proq bo‘lib chiqqan edi. O‘shanda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 10-iyul kuni viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 573 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. Biroq SSV 10-iyul kuni Samarqandda 37 emas, 15 kishi koronavirus yuqtirganini xabar bergan. Bundan tashqari SSV keltirgan jadval bo‘yicha kasallanganlar soni 10-iyul kuni 536 nafarni tashkil etayotgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 37 kishida koronavirus aniqlanganini bir kun kech xabar bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют