» » Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi


Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida dastlab farzandini boshqa ayolga sud orqali berishga rozi bo‘lgan, biroq bu fikridan qaytib, bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning aprel oyidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining yig‘ilishida Jarqo‘rg‘onda yashovchi 28 yoshli F.N. qiz farzandini Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 35 yoshli Yu.T.ga sud orqali farzandlikka berishga rozi bo‘lgan. F.N. tug‘ruq davomida ketgan dori-darmon va boshqa sarf-xarajatlariga deb 1,7 million so‘m pullarni olib, Yu.T.ga farzandlikka berish uchun barcha hujjatlarni to‘plab sud zaliga borganda fikridan qaytib, farzandini bermasligini bildirgan.

Oradan bir necha kun o‘tib, F.N. telefon orqali va bir necha marotaba Yu.T.ning uyiga kelib, qiz chaqalog‘ini sotish uchun Yu.T.dan 10 million so‘m talab qilgan. Shundan so‘ng, Yu.T. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur ariza asosida IIB xodimlari tomonidan 2020-yilning 3-iyul kuni Qumqo‘rg‘on tuman “Oqsoy” mahallasi hududida joylashgan Yoshlar xiyoboni hovlisida o‘tkazilgan tezkor tadbirda F.N. qiz chaqalog‘i uchun Yu.T.dan talab qilgan 10 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olingani, Xorazmda 2 yoshli farzandini 7700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushgani hamda Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi jinoyat ustida ushlangani haqida xabarlar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 23-iyun kuni 2020-yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgandi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga pullayotgan ayol qo‘lga olingani, Xorazmda 2 yoshli farzandini 7700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushgani hamda Navoiyda 3 oylik bolasini 3 xonali uyga almashtirayotgan ayol va uning otasi jinoyat ustida ushlangani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri tibbiyot xodimlari ekanligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют