» » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun o‘zbek san’atida og‘ir judolik! Yana bir san’at arbobi, o‘zlarining takrorlanmas roli bilan butun kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga ta’ziya izhor qiladi.

Ma’lumot uchun, Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Aktyor “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovalar”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga“, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki, bu jannat 2”, “Nazira” kabi filmlari, “Shaytanat” seriali hamda “Chimildiq” spektaklidagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют