» » Shota Arveladze: OKMKga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdik

Shota Arveladze: OKMKga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdik


“Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Chempionatning ikki yetakchi jamoasi to‘qnash keldi. Qiyin o‘yin bo‘ldi va shunday bo‘lishi ham kutilgandi. Imkoniyatlarimizni yodga oladigan bo‘lsak, bizda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Masalan, birinchi bo‘limda bir necha imkoniyatdan foydalana olmadik. Gol o‘tkazgach, kuchimizni sal yo‘qotgandek bo‘ldik. Bu yaxshi holat emas. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarda faqat gol urish kerak edi, xolos. Raqib qarshi hujumda yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda, ikki ochko yo‘qotdik, 0:2 dan so‘ng qarasak, bir ochko ishladik.

“Paxtakor”da ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin buni omad yetishmagani bilan bog‘lamagan bo‘lardim. OKMK himoyachilari yaxshi o‘ynadi, darvozabon ham juda yaxshi harakat qildi va ko‘p vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. O‘zimiz noaniq zarbalar yo‘lladik.

“Paxtakor”ni sentabrda Chempionlar Ligasi kutib turibdi. Hali buni o‘ylamaymiz, avval o‘sha vaqtga yetib olaylik. Orada iyul va avgust oylari turibdi. Futbolda eng muhimi — keyingi o‘yin.

Masharipovning o‘yini oxirgi yillarda o‘zgardi. O‘tgan yili 115 ta gol urdik, ularning deyarli yarmida Jalol uzatmalarni amalga oshirgan. Bu uning eng yaxshi o‘yini bo‘lmadi, o‘zi ham harakatlaridan doim xulosa chiqarib boradi. U futbolchi sifatida ancha ulg‘aydi. Bu yil ham deyarli har bahsda gol urishimizga yordam bermoqda. Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti”, — deydi gruziyalik mutaxassis.

“Paxtakor” mazkur o‘yindan so‘ng 22 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. “Sherlar” keyingi turda 23-iyul kuni “Qo‘qon-1912” bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: Mirjalol Qosimov “Paxtakor”dan 2 daqiqa ichida 2 ta gol o‘tkazilgani haqida: “Qo‘shib berilgan daqiqalarda yana gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют