» » Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Adham Abdullayev vafot etdi

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Adham Abdullayev vafot etdi


Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.

Adham Abdullayev 1953-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2002-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan.

Adham Abdullayev 1975-yil Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida o‘z ijodiy faoliyatini boshlagan. Ijodkor o‘tgan yillar mobaynida 130 dan ziyod dramatik, tragik, hajviy, musiqiy hamda ertak qahramonlarining betakror obrazlarini yaratgan.

“So‘nggi fojia”da Shavkat, “Serg‘ayrat kishilar”da Soddadil, “Richard-III”da Lord Xestinges, “Hammom”da Belvidonskiy, “Qizbuloq”da Gung, “Imzo”da Leonid Shindin, “Soxta oqsuyak”da Raqs muallimi, “Chorbog‘dagi hangomalar”da Lomov Ivan Vasilyevich, “Alisher Navoiy”da Majididdin, “Oddiy askarlar”da Kapitan Dugin, “Hiylayi sha’riy”da Sharif, “Chanduning sarguzashlari”da Keku Banya, “Qirol Lir”da Gersog Albani rollari shular jumlasidandir.

Teatrshunos, jurnalist sifatida “Sirdaryo viloyati teatri tarixi, aktyor va rejissorlari faoliyatiga oid yozgan o‘nlab ilmiy maqolalari respublika va viloyat gazeta hamda jurnallarida chop etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют