» » Tachmurod Agamurodov: Hakam penalti belgilashda noto‘g‘ri qaror chiqardi

Tachmurod Agamurodov: Hakam penalti belgilashda noto‘g‘ri qaror chiqardi


“Qizilqum” futbol klubi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatga (0:1) sharh berib o‘tdi.

“Jamoam ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdim. Maydonda qo‘ldan kelganicha kurashishdi. “Navbahor” chempionatimizning yetakchi jamoalaridan biri sanaladi. Raqib yuqori o‘rinlar va Chempionlar Ligasi chun kurashmoqda. Biz esa hozircha jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib boryapmiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifa yo‘lida harakat qilamiz. Mazkur o‘yinda birgina penalti barchasini hal qildi.

Ha, jamoani og‘ir ahvolda qabul qilib oldim. Boz ustiga taqvim ham biz uchun biroz noqulay edi. Restartdan so‘ng yuqori o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘ynadik. “Paxtakor”, OKMK va hokazo. Lekin, jamoam harakat qilmoqda. Og‘ir vaziyatdan chiqib olish uchun intilmoqda. Agar biz shunday bor kuchimiz bilan intilishda davom etsak, tushkun holatdan chiqib keta olamiz. Transferlar oynasi vaqtida jamoamizni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni taklif qilamiz. Yaxshi futbolchilarsiz ideal murabbiy ham natija qila olmaydi.

“Navbahor”ni o‘yini haqida biror bir fikr bildirishim uchun men shu jamoani ichida bo‘lishim kerak. Bugungi o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, hakam penalti belgilashda noto‘g‘ri qaror chiqardi deb o‘ylayman (o‘yinni Jasur Muxtorov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi — izoh “Daryo”). Albatta, hakamlarni nazorat qiladigan qo‘mita bor. Meni yagona e’tirozim shu vaziyatga. Ikki futbolchini boshi bilan to‘qnashib ketishi sabab o‘yinni to‘xtatish noo‘rin. Hakam qo‘yib berishi kerak edi”, — deya Agamurodov so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

9-turdan so‘ng “Qizilqum” 2 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda. Jamoa kelasi turda yana bir autsayder “Buxoro”ni mehmon qiladi.

Mavzuga doir: Andrey Kanchelskis: Ismini aytib o‘tirmoqchi emasman, ammo ayrim futbolchilar o‘ziga o‘xshamayapti

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют