» » Habibulla Oqilov: Xususiy tibbiyot muassasalarida koronavirusga test olishni taqiqlash bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma yo‘q

Habibulla Oqilov: Xususiy tibbiyot muassasalarida koronavirusga test olishni taqiqlash bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma yo‘q


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov xususiy tibbiyot muassasalarida koronavirusga test olishni taqiqlash bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma yo‘qligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Vazir o‘rinbosari test topshirishda yuzaga kelayotgan turli muammolarga oid gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

AOKAda 14-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda professorga “Xususiy klinikalarda koronavirusga test olishni taqiqlash haqida ko‘rsatma bo‘lgani, endi faqat bitta joyda test topshirish mumkinligi rostmi? Qayerda, aynan qanday test topshirish kerak? Antitana yoki koronavirusga? 2 haftadan so‘ng tug‘aman, har bir yangilik junbushga solyapti”, — degan savol berilgan.

Mutaxassis bunday ko‘rsatma yo‘qligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy saytlarida PZR va IFA testlarini oluvchi laboratoriyalar ro‘yxatini e’lon qilinganligi, ularning aksariyati Toshkent shahrida joylashgan bo‘lsa-da, viloyatlar markazlarida ham test topshirish imkoniyati yaratilganini bildirgan.

Shu bilan birgalikda, xususiy klinikalar ham o‘zida qabul qilish, ham murojaat qiluvchilarning uyiga borib tahlil olish shaklida faoliyat ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus borligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova Telegram’dagi kanali orqali o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotgani, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova uch kundan buyon koronavirusga topshirgan testi javobini ololmayotgani haqida yozgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi esa xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют