» » Habibulla Oqilov: Xususiy klinika va laboratoriyalarda olingan test natijalari musbat chiqsa, umumiy statistikaga qo‘shiladi

Habibulla Oqilov: Xususiy klinika va laboratoriyalarda olingan test natijalari musbat chiqsa, umumiy statistikaga qo‘shiladi


Xususiy klinika va laboratoriyalarda olingan test natijalari musbat chiqsa, umumiy statistikaga qo‘shiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qilgan.

Jumladan, AOKA huzuridagi shtabga kelib tushgan “Xususiy klinikalarda olingan test natijalari ham umumiy olingan test natijalari statistikasiga qo‘shiladimi?”, degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Xususiy klinika va laboratoriyalarda olingan test natijalari musbat chiqqan holda, kasallik tasdiqlanganligi haqida axborot bemorning yashash manzili bo‘yicha tegishli Epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy markazlariga yetkazilishi va albatta, har bir bunday holat umumiy statistikaga qo‘shilishi shart”.

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusufaliyev 12-iyul kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida testlar zaxirasida 1 millionta test mavjudligi, O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligini aytgan edi. Shuningdek, kuniga 20-22 mingta test olinyotgani, bu mingta aholiga nisbatan 42 tani tashkil etishi bildirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют