» » Qo‘qon shamoli “Imkon shou” boshlovchisi turgan sahnani qulatdi (video)

Qo‘qon shamoli “Imkon shou” boshlovchisi turgan sahnani qulatdi (video)


Boshlovchi Ahror Qo‘shmatov Instagram’dagi sahifasida o‘zi turgan sahnaning qulashi aks etgan videoni e’lon qildi.

Boshlovchining jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, hodisa Qo‘qonda, shahardagi yangi go‘zallik salonining ochilish marosimi vaqtida yuz bergan.

Qo‘qon shahridagi go‘zallik salonining ochilish marosimiga bir guruh san’atkorlar borgan edik. Ochilish marosimini uyushtirib, qo‘qonlik yosh san’atkorga qo‘shiq navbatini bergan edik. Birdan shamol ko‘tarilib, yaxshi qotirilman sahnani ag‘darib yubordi. Vaziyatdan chiqish uchun turli hazil gaplarni aytishga o‘tdim, ammo o‘zim ham juda qo‘rqib ketgandim.

Marosimda aktyor Umid Iskandarov, xonanda Feruza Karimova, taqlidchi yigitlar, qo‘qonlik san’atkorlar bor edi. Ular ham xuddi men kabi hayratdan qotib qoldi. Feruza Karimovaning prodyuseri Farhod Badalov esa: “Agar qo‘limdan birov tortmaganida, ustun to‘g‘ri boshimga tushar ekan”, deb eslaydi hali ham.

Ahror Qo‘shmatov, teleboshlovchi

Qo‘shmatovning so‘zlariga ko‘ra, “butun umr esdan chiqmaydigan voqea” oqibatida hech kimga zarar yetmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют