» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: O‘zingizni ovutish maqsadida test tahlili topshirishga harakat qilmang

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: O‘zingizni ovutish maqsadida test tahlili topshirishga harakat qilmang


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov kasallik alomatlari bo‘lmaganda aholini shubhaga ko‘ra, o‘zini ovutish uchun test tahlili topshirishga harakat qilmaslikka chaqirdi. Tahlillar faqat aniq ko‘rsatma bo‘lganda qabul qilinishi bildirildi.

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda “Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo‘lsa, qayerga murojaat qilish kerak? Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilsak SESga, SESdagilar oilaviy poliklinikaga murojaat qiling, deydi. Hech qaysi tayinli maslahat ham bermaydi?”, mazmunidagi savol kelib tushgan.

Mutaxassis hozirgi kunda hududidan qat’iy nazar barcha oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda (jumladan, Toshkent shahridagi 64 ta poliklinikada) mobil tezkor epidemiologik brigadalar tashkil qilinganini bildirdi. Ular tarkibida infeksionist, epidemiolog va umumiy amaliyot shifokori mavjud bo‘lib, ular joylarda vaziyatni o‘rganadi va uy sharoitida yoki kasalxonada davolanish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga egaligi ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot uchun, 8-iyuldan buyon O‘zbekistonda kunlik kasallanganlar soni 400 nafardan oshmoqda. 9—12-iyul kunlari Toshkent shahrida aniqlangan kasallanish holatlarining 599 tasi aholi orasida va bor-yo‘g‘i 8 tasi karantindagilar orasida qayd etildi. 13-iyul kuni ham Toshkent shahrida aniqlangan 217 ta holatning barchasi (soat 10:00 holatiga ko‘ra 142 kishida, soat 17:00 holatiga ko‘ra 75 kishida) aholi orasida aniqlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют