» » Edinson Kavani Devid Bekhemning “Inter Mayami”siga o‘tishdan bosh tortdi

Edinson Kavani Devid Bekhemning “Inter Mayami”siga o‘tishdan bosh tortdi


PSJ hujumchisi Edinson Kavani Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekhemga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” (MLS) klubiga o‘tishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Calciomercato.

Ta’kidlanishicha, Amerika klubi vakillari so‘nggi haftalarda Kavani bilan bog‘lanib, uning MLS’ga kelish istagi bor, yo‘qligi haqida so‘ragan va Kavaniga PSJda oladigan maoshini (yiliga 12 million yevro) taklif qilgan. Biroq urugvaylik forvard Yevropada qolish istagini bildirib, rad javobini bergan.

Hozirda Kavaniga asosiy da’vogar “Roma” bo‘lib turibdi, Italiya klubi iyun oyida unga 3 yillik shartnoma ham taklif qilgandi, biroq rimliklarga futbolchining yuqori maoshi muammo tug‘dirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kavani 2013-yilning yozidan beri PSJ sharafini himoya qilib keladi. U Parij klubi safida umumiy hisobda 301 ta o‘yin o‘tkazib, 200 ta gol urgan va 43 ta golga assistentlik qilgan. 33 yoshli urugvaylik futbolchining klub bilan shartnomasi 1-iyul sanasida tugab bo‘lgan, ammo tomonlar shartnomani mavsum oxirigacha uzaytirishga kelishib oldi.

Mavzuga doir: Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi gol va futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi kimligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют