» » Zangiotadagi maxsus kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan koronavirus bemorlariga to‘lib bo‘ldi

Zangiotadagi maxsus kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan koronavirus bemorlariga to‘lib bo‘ldi


Toshkent viloyati Zangiota tumanida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus qurilgan kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘ldi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 14-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Habibulla Oqilov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichining o‘sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.

Habibulla Oqilovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlamoqda. Shuningdek, Toshkent shahridagi yana beshta shifoxonada kasallikning yengil va o‘rta darajasi bilan og‘rigan, ya’ni qo‘shimcha kislorodga muhtoj bo‘lmagan bemorlar davolanmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zangiotadagi maxsus klinika ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘ldi. Agar kasallar sonining oshishi shu tarzda davom etsa, boshqa klinikalar ham koronavirusni davolash uchun moslashtirilishi mumkin.

Shuningdek, Habibulla Oqilov Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatmayotganini ta’kidlagan.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q. Bizga bundan hech qanday naf yo‘q. Biroq vafot etayotganlar orasida koronavirus infeksiyasiga test topshirgan va tahlil javoblari orqali tasdiqlanmagan holatlar bo‘lishi mumkin. Qo‘limizda bemorda koronavirus tashxisi tasdiqlangan fakt bo‘lmasa, uni koronavirusdan vafot etdi, deya olmaymiz”, — deya ta’kidlagan professor Oqilov.

Avvalroq Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musaboyev shifoxonalarning koronavirusni davolashga moslashtirilishi sababli O‘zbekistonda koronavirusning bilvosita qurbonlari soni virusning o‘zidan vafot etganlardan 10 marta ko‘pligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Zangiota tumanidagi yangi qurilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan, lekin uni 4 ming o‘ringacha transformatsiya qilish imkoniyati bor. Sog‘liqni saqlash vazirligi 13-iyul kuni poytaxtlik ikki ayol va bir erkakning mazkur shifoxonada koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qildi.

E’tiborga molik tomoni, professor Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9-iyuldagi brifingda esa Oqilov koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjudligini, tizim har qancha bemorni qabul qila olishini ta’kidladi.

Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1-1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi qo‘shni mamlakatlarniki kabi qulaydi. O‘zbekistonda 13-iyul kuni 594 kishida koronavirus aniqlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni rasman 5700 dan oshdi. Ularning qanchasi kasalxonalarda davolanmoqda — noma’lum



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют