» » Video: Soatiga 333 kilometr tezlikda harakalanayotgan Porsche Cayenne Turbo

Video: Soatiga 333 kilometr tezlikda harakalanayotgan Porsche Cayenne Turbo


Internetda Porsche Cayenne Turbo krossoveri soatiga 333 kilometr tezlikda haydalgani tasvirlangan videorolik paydo bo‘ldi.

Porsche Cayenne Turbo’ni bu kabi tezlikka chiqarish uchun HGP tyuning-atelyesi mutaxassislari krossover dvigatelini modifikatsiya qilgan. Ular 550 ot kuchiga ega 4,0 litrli “biturbosakkizlik” quvvatini 962 ot kuchiga qadar ko‘targan.

Cayenne Turbo’ni sinovdan o‘tkazish uchun cheklangan tezlik rejimi mavjud bo‘lmagan nemis avtobanidan foydalanilgan. Og‘irligi 2385 kilogrammga teng tyuning qilingan Porsche Cayenne Turbo 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erishgan bo‘lsa, 200 km/soat marrani 10 soniyada zabt etgan. Sinov natijalariga ko‘ra, krossoverning maksimal tezligi 333 kilometrga yetgan.

Tyunerlar Porsche Cayenne Turbo dvigatelining modifikatsiyasini 30 ming yevroga baholagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют