» » O‘zbekistonda ayollarni tadbirkorlikka o‘qitish va bandligini ta’minlash uchun 2 mln dollar kredit ajratiladi

O‘zbekistonda ayollarni tadbirkorlikka o‘qitish va bandligini ta’minlash uchun 2 mln dollar kredit ajratiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: ayollarning jamiyatdagi o‘rnini, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi

Hududlarda 20 mingga yaqin ayol og‘ir turmush sharoitida yashashi, shundan ko‘plari profilaktik hisobda turishi qayd etildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 33 380 nafar ayolni hayotga motivatsiyalash va kasbga o‘rgatish bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Har bir tuman va shahar kesimida ayollar biznes loyihalari ro‘yxatini shakllantirib, oyma-oy moliyalashtirish, xotin-qizlar tadbirkorligi dasturi doirasida soddalashtirilgan kreditlar va grantlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mikroqarz olish niyatidagi yoshlar va ayollar tadbirkorlikka bepul o‘qitilib, yiliga 5 ming nafar yosh va ayolning bandligi ta’minlanadi.

Ma’lum qilinishicha, 14-iyulda imzolangan tadbirkorlikni hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir Prezident qarorida, jumladan, ushbu maqsadlarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 million dollar kredit ajratilishi belgilandi. Bu mablag‘ yoshlar va ayollar ishsizligi yuqori bo‘lgan qishloq joylarda imtiyozli mikroqarz ajratish uchun mikromoliya va nodavlat tashkilotlarga beriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning har bir tuman va shaharida hamda OTMlarida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari ochiladi

Ta’kidlanishicha, bunday nodavlat tashkilotlar banklarga qaraganda kam resurslar bilan ham o‘qitib, 2-3 baravar ko‘p ish o‘rni yaratmoqda. Kredit qaytimi ham banklarga qaraganda ancha yuqori.

Shu bois nodavlat tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazib, eng yaxshi o‘quv markaziga grant ajratish tizimi joriy etilishi belgilandi.

Jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют