» » Andijon shahrida fuqaroning qiynoqqa solinishi sabab ishdan olingan IIO FMB boshlig‘i o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Andijon shahrida fuqaroning qiynoqqa solinishi sabab ishdan olingan IIO FMB boshlig‘i o‘rniga yangi rahbar tayinlandi


Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

O‘zbekistonning to‘rt hududida yangi IIB boshliqlari ish boshlaydi, xususan, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangan. Avvalgi boshliq Andijonda fuqaroning ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida kasalxonada vafot etgani tufayli ishdan olingandi.

Xabarga ko‘ra, Andijon viloyatining Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga podpolkovnik Shohruxbek Nazirov tayinlangan. U tayinlovga qadar Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a, Namangan viloyatining Chortoq, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Farg‘ona vilayotining Buvayda tumanlariga ham IIBning yangi boshliqlari tayinlangan.

Qoraqalpog‘iston IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan podpolkovnik Usmanjan Sitmuratov Ellikqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mazkur tumanda IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Baxtjan Izbasarov 2020-yilning may oyida Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Podpolkovnik Otabek Jabborov Namangan viloyati Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Jabborov Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Chortoq tumani IIBning avvalgi boshlig‘i Sobitxon Abdurayimov 8-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektorda ishdan olingan.

Podpolkovnik Xondamir Umarov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Umarov Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati batalyoni komandiri o‘rinbosari — shtab boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 2019-yil martidan buyon Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan mayor Otabek Muhammadiyevning o‘rniga mazkur vazifaga tayinlandi.

Podpolkovnik Rustamjon Hayitov Farg‘ona viloyati Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Hayitov Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют