» » O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 1 million dollar yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 1 million dollar yo‘naltiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilda 380 ming nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha shahar va tumanlar kesimida “manzilli reja”lar ishlab chiqilib, mahalliy kengashlarda tasdiqlangan edi. Natijada o‘tgan olti oyda 270 ming nafar yigit-qiz ishga joylashtirildi.

Yig‘ilishda dastur ijrosi hamma joyda ham birdek bajarilmayotgani qayd etilib, mas’ullar ogohlantirib o‘tildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatmagan tuman va tashkilot rahbarlarini ishdan oldi

Yil yakunigacha yoshlarning 360 milliard so‘mlik 2200 ta loyihasini amalga oshirish orqali kamida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fond tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali 2020-yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihaga 50 million so‘mdan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi. Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi.

Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, bank va boshqa sohalar bo‘yicha konsalting xizmatlari xarajatlari qoplanadi. Prezident ushbu chora-tadbirlar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yil sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют