» » O‘zbekistonda 297 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Bu yangi rekord

O‘zbekistonda 297 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Bu yangi rekord


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 29 nafar, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 38 nafar, Nuroniylar sihatgohida 41 nafar, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, 3-sonli tug‘ruq kompleksida 4 nafar, Andijon viloyatida 111 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Navoiy viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida esa 4 nafar, kun davomida jami 297 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygan.

297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgach, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilgan.

Avvalgi rekord 2020-yilning 8-iyul kuni qayd etilgan va shu kuni 249 nafar bemor tuzalgan edi.

2020-yil 14-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 8327 nafarni tashkil etmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 67 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют