» » Dushanbeda Tojikiston prezidentining sobiq saroyini buzish ishlari boshlandi

Dushanbeda Tojikiston prezidentining sobiq saroyini buzish ishlari boshlandi


Tojikiston hukumati 1992-yildan buyon Dushanbe shahrida prezident saroyi sifatida foydalanilgan binoni buzish ishlarini boshladi, mazkur bino mamlakat mustaqilligidan avval Tojikiston SSR kompartiyasi markaziy kengashining binosi bo‘lgan. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Tojikiston poytaxtida joylashgan mazkur bino 1957-yilda qurilgan. Sovet Ittifoqi davrida binoda Tojikiston SSR kompartiyasining markaziy kengashi joylashgan.

Mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng mazkur binoda 25 yil davomida prezident apparati va hukumat faoliyat olib borgan. 2016-yilda esa prezident apparati va hukumat yangi binoga ko‘chib o‘tgan. Hozirgi paytda bu binoda Dushanbe shahri meriyasi joylashgan. Meriya mazkur binoga uch yil avval Turizm qo‘mitasi bilan birga ko‘chib o‘tgan.

Prezidentning sobiq saroyi buzilishi poytaxtning bosh rejasi doirasida amalga oshirilmoqda. 2020-yilning fevral oyida Dushanbe shahri raisining birinchi o‘rinbosari Mahmadsaid Zuvayzoda bino buzilishga tushganini tasdiqlagan.

Binoning buzilishi uning o‘ng qanotidan boshlangan. Shundan so‘ng binoning markaziy qismi va chap qanoti buziladi.

Mazkur bino o‘rnida Tojikiston hukumati binosini qurish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: Emomali Rahmon Dushanbedagi uch qavatli ikkinchi estakadani ishga tushirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 05:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют