» » “Istiqlol”da ilk yakkaxon opera konserti: Jenisbek Piyazov Ozodbek Nazarbekovga opera kuylatib, Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylamoqchi

“Istiqlol”da ilk yakkaxon opera konserti: Jenisbek Piyazov Ozodbek Nazarbekovga opera kuylatib, Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylamoqchi


Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov 12-may kuni “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda bir kunlik konsert dasturini taqdim qiladi. E’tiborga molik tomoni, “Per amore” deb nomlangan dastur opera yo‘nalishida tashkil etiladi.

Konsert arafasida jurnalist Feruz Muhammad opera kuychisi bilan suhbat uyushtirdi.

— “Istiqlol”da shu vaqtgacha jonli ijroda yakkaxon opera konserti hech qachon qo‘yilmagan bo‘lsa kerak, shunday emasmi?
— Aytishlaricha, shu vaqtgacha hali hech bir opera xonandasi “Istiqlol”da yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagan ekan. Ikkinchi tarixiy hodisa — Qoraqalpog‘istondan chiqqan xonanda ilk bor “Istiqlol” saroyida yakkaxon konsert berishidir.

— Jonli ijroda konsert berishni niyat qilgan aksariyat xonandalar konsertga 2—2,5 oy qolganida sozandalar bilan birgalikda zo‘r berib tayyorgarlik ko‘radi. Siz tayyorgarlikni qachon boshladingiz?
— 2013-yilda konservatoriyaning katta zalida konsert bergan edim. Konsert faoliyatimni kichik zallardan boshlaganman. Bunday zallardagi konsertlarda qaysi qo‘shiq muxlislarga manzur bo‘lib, qay biri ma’qul kelmasligini bilib, o‘zim uchun xulosa qilib borardim. “Istiqlol”dagi bo‘lajak konsertga uch yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorgarlik ko‘rdim, desam ham bo‘ladi.

— Orkestr bilan doimiy tayyorgralik qancha vaqt bo‘ldi?
— Orkestrda 80 nafar, xorda 40 nafar ijrochi bo‘ladi. Jami 120 nafar odam bilan jahon kllassik qo‘shiqlaridan kuylash borasida ancha avvaldan tayyorgarlik bo‘lmoqda. Aynan shu dastur uchun esa Milliy simfonik orkestr ikki oydan buyon notalarni ko‘rib chiqmoqda.

— Muxlislarni qanday o‘ziga xos chiqishlar, sahna ko‘rinishlari kutmoqda yoki dastur faqatgina siz va orkestrning ijod mahsulidan iborat bo‘ladimi?
— Dasturdagi kutilmagan chiqishlardan biri, menimcha, estrada xonandalarining ilk bor opera yo‘nalishida qo‘shiq aytib chiqishi bo‘ladi. Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Muyassar Razzoqova singari xonandalar dasturda mehmon bo‘lib, ariya-opera aytishlari kutilmoqda. Ustoz san’atkor Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylash ham rejalashtirilgan. Qo‘shiqlarning barchasi 100 foiz jonli ijroda bo‘ladi. Nasib qilsa, opera-shou dasturi uyushtirishga harakat qilamiz.

— Bu savolimdan ranjimaysiz degan umiddaman. Bu yo‘nalishdagi dasturlarga muxlislarning munosabati qanday? Konsertga to‘rt ming muxlis to‘play olishingizga ishonasizmi?
— Bunday konsertga muxlislar tusharmikan, degan xavotir o‘zimizda ham bor edi. Ammo, mana, konsertga hali yarim oydan ziyod vaqt bo‘lishiga qaramay, chiptalarning 60 foizi sotilib bo‘ldi. Sotuvda zalning chekka joylari uchun chiqarilgan chiptalar qolgan xolos. Mo‘ljalimiz — aprel oyi oxirigacha barcha chiptalarni sotib bo‘lib, kassani yopish.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 21:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют