» » Samsung kompaniyasi Galaxy S20 Lite hamyonbop flagmanini taqdim etadi

Samsung kompaniyasi Galaxy S20 Lite hamyonbop flagmanini taqdim etadi


2020-yilda Samsung’ning flagman lineykasida bir vaqtning o‘zida uchta model — Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra paydo bo‘ldi. Hi-Tech.Mail.ru’ning yozishicha, kompaniya ushbu qatorga hamyonbop Galaxy S20 Lite versiyasini ham qo‘shish niyatida.

Yangi Galaxy S20 Lite ham o‘zidan oldingi versiya kabi Snapdragon 865 protsessorida ishlaydi. 2019-yilda taqdim etilgan Galaxy S10 flagmanidan hamyonbop versiyasi — S10 Lite’ga arzonroq protsessor o‘rnatilgan edi.

Hamyonbop flagman SM-G781B model raqami ostida chiqadi. Geekbench benchmarkida u 2619 ball to‘plagan. “Layt”-versiya flagman S20’dan tezkor xotirasining hajmi bilan farq qiladi — unga 6 gigabayt o‘rnatilgan.

Galaxy S20 Lite’ning displeyi ham arzonroq modelga o‘zgartirilishi mumkin — uning o‘lchami biroz kichikroq bo‘ladi, piksellar soni kamayadi va 120 gerts yuqori chastotasini qo‘llab-quvvatlash funksiyasi olib tashlanadi. Shuningdek, kamerasi ham soddalashtirilishi kutilmoqda — smartfon arzonroq bo‘lishi uchun uchtaning o‘rniga ikkita o‘rnatilishi va sifati pasaytirilishi mumkin.

Hozircha Galaxy S20 Lite narxi qancha bo‘lishi noma’lum. Orginal S20 flagmanining narxi 980 dollardan boshlanadi.

Avvalroq Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Motorola Galaxy S20 Ultra kabi texnik tavsifga ega Edge flagmanini taqdim etdi. Biroq qurilma raqobatchisidan 400 dollarga arzonroq



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют