» » Toshkentda koronavirusga chalingan 66 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 68 taga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 66 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 68 taga yetdi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 66 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 66 yoshli I.I.da 5-iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Chilonzorlik bemor O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan 68-qurbonga aylandi.

Avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi koronavirusga chalingan er-xotin vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 14-iyul kuni 494 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 191 tasi aholi orasida qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют