» » IIV podpolkovnigi va Toshkent shahar IIBB mayori koronavirus oqibatida vafot etdi

IIV podpolkovnigi va Toshkent shahar IIBB mayori koronavirus oqibatida vafot etdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 13 va 14-iyul kunlari tizimning ikki xodim vafoti etganini ma’lum qildi.

IIV matbuot xizmati 13-iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Abzalovich Shomahmudovning vafot etganini e’lon qildi. Mayor Shomahmudov 25-iyun kuni 36 yoshga to‘lgan edi.

14-iyul, seshanba kuni esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasovning vafoti munosabati ta’ziya e’lon qilindi. Podpolkovnik Shavkat Nafasov 15-may kuni 48 yoshga to‘lgan edi.

“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi mayor A’loxon Shomahmudov va podpolkovnik Shavkat Nafasov vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati e’lon qilgan ta’ziyanomalarda.

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, har ikkala xodim koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. Ushbu o‘lim holatlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot berganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 68 kishi vafot etgan. SSV va uning huzuridagi shtab vakillari O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha ma’lumotlar yashirilmayotganini, bundan manfaat yo‘qligini muntazam ta’kidlab kelmoqda.

Mavzuga doir: O‘zSSV “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” degan marhum bemorni kasalxonalar bir necha bor qabul qilmagan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют