» » Tuba Buyukustun va Chagatay Ulusoy yangi serialda hamkorlik qiladi. Xurram Sulton restoran ochdi. Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar

Tuba Buyukustun va Chagatay Ulusoy yangi serialda hamkorlik qiladi. Xurram Sulton restoran ochdi. Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar


Koronavirus infeksiyasi turk kinosanoati vakillarini ham chetlab o‘tmadi, aktrisa Burju Birijikning turmush o‘rtog‘i Emreda koronavirusning birinchi simptomlari paydo bo‘lgan. Ular test topshirish uchun shifoxonaga motosiklda borgan. Avvalroq topshirilgan test salbiy chiqqanini bildirgan juftlik, natijani kutish uchun uyiga jo‘nab ketgan.

“Jasur va go‘zal”, “Osiyo” seriallari yulduzi Tuba Buyukustun va Umut Evirgenning ajralishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. 2017-yildan buyon munosabatda bo‘lgan juftlikning ayrilishi haqida berilgan savollarga Umut, u emas Tuba mashhurligi shuning uchun ham ushbu savolning javobini undan olish kerakligini ta’kidlagan.

Bu vaqtda Tuba Buyukustun, “Ichkarida” serialidagi roli bilan yaxshi tanish Chagatay Ulusoy bilan birga “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” serialida suratga tushish taklifiga ega bo‘lgan.

Karantin vaqtida kerakli choralarni bariga amal qilgan Kivanch Tatlitug va rafiqasi Bashak Dizer dam olishga jo‘nab ketdi. Yalikavakdagi uyini ota-onasiga qoldirgan juftlik ta’til uchun Tilkidjikdan uy xarid qilishni afzal bilgan.

“Muhtasham yuz yil” yulduzi Maryam Uzerli bo‘lsa, Berlinda “Nosh Nosh” nomli kafe ochishga muvaffaq bo‘ldi.

“Farxod va Shirin” serialining suratga olish ishlari yakuniga yetganidan keyin aktrisa Jansu Derega yangi “Shifokor Foster” loyihasida ishtirok etish taklifi kelib tushgan.

“Ijaraga sevgi” filmida bosh qahramonni gavdalantirgan Elchin Sangu bo‘lsa, keyingi haftadan boshlab, yangi “Yaxshi va yomon kunda” serialida suratga tushadi. Serial 20-iyuldan Star TV kanalida efirga uzatiladi.

“Tong qushi”, “To‘linoy” seriallari yulduzi, kelishgan aktyor Jan Yaman, italyan aktrisasi Francheska Chiprianini aldab ketgan. 36 yashar Francheskaning aytishiga qaraganda, Barbara D’ursoning televizion dasturida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan Jan, suratga olish jarayonida aktrisaga ko‘zini suzgan va birgalikda suratga tushgan hamda uchrashishga vada bergan, shundan keyin aktrisa Janga sms yozgan, ammo aktyordan javob olmagani sabab har kuni yig‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют