» » Baxtiyor Ashurmatov: Ozbekistonda Nasafda bolgani kabi tezkor futbolchilarga ega jamoa yoq

Baxtiyor Ashurmatov: Ozbekistonda Nasafda bolgani kabi tezkor futbolchilarga ega jamoa yoq


Qoqon-1912 klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida Nasafga qarshi kechgan oyindan (2:2) song oz fikrlarini bildirdi.

His-hayajonlarga tola, asablarni tarang qiladigan ogir oyin boldi. Roziqul Berdiyev ajoyib, tezkor va agressiv jamoa tuzgan. Ozbekistonda bunchalik tezkor futbolchilarga ega jamoa yoq. Nasaf qarshi hujumlarda ajoyib oyin korsatadi. Ularni oyinini organib chiqib, ikkita hujumchi bilan emas, bitta hujumchi bilan maydonga tushdik. Qaysidir vaziyatlarda bu ozini oqladi. Yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ikki bor hisobda orqada borayotib maglubiyatdan qutulib qolishdi. Afsuski, oxirgi daqiqada yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov vaziyatni qoldan chiqardi. Umuman olganda, taktik jihatdan yaxshi oyin boldi.

Bamba otgan OKMK bilan oyinda zaxiradan tushib oyinimizni kuchaytirgan edi. Shuning uchun uni boshlangich tarkibga kiritgan edim. Yakuba bu safar oz darajasidagi oyinni korsata olmadi. Ayrim vaziyatlarda topni yoqotib qoydi. Natijada Nasafni qarshi hujumlarini qoyib yubordik. Oyinda dastlabki golni mehmonlar kiritgani uchun rejalarimizga ozgartirishlar kiritdik. Ikkinchi bolimda rejamiz boyicha 15 daqiqalardan keyin Muzaffarovni tushirmoqchi edik.

Bizda ikki nafar teng kuchli darvozabon bor. Ularni sport formalarini birdek ushlab turish uchun ham har ikkalariga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Ularni imkoniyati teng. Ikkala darvozabonga oyin amaliyoti berishga qaror qilyapmiz.

Tarkibimizda Rayevats, Yosovich kabi gavdali futbolchilarimiz bor. Shuningdek, jarima zarbalalarini mukammal amalga oshiradigan ijrochilarimiz yetarli. Bobur Akbarov Bunyodkor bilan oyinda avtogol urgandi. Bu oyinda gollari bilan muxlislar oldida yuzini yorug qildi, deya Ashurmatovdan iqtiboskeltirmoqda Championat.asia.

Ushbu natijadan song Qoqon-1912 16 ochko bilan 4-pogonada qoldi. Jamoa keyingi turda Paxtakorni mehmon qiladi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (15-07-2020, 11:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -