» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” parkiga yana bir Afrosiyob tezkor poyezdi qo‘shildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” parkiga yana bir Afrosiyob tezkor poyezdi qo‘shildi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” parkida zamonaviy Afrosiyob tezkor poyezdlari soni to‘rttaga yetdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Kelishuvga binoan, O‘zbekistonga ikkinchi elektr poyezd yetkazildi.

Temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmatining bildirishicha, yangi sostav 287 kishini tashishga mo‘ljallangan. 2011-yili olib kelingan poyezddan farqli ravishda, u ekonom-klass vagonlari soni ikkitaga ko‘paygani bilan ajralib turadi, shu tufayli yo‘lovchi o‘rinlari soni 72 taga oshdi.

To‘rtinchi sostavning yetkazilishi munosabati bilan ayni paytda Afrosiyob poyezdlari qatnovi jadvali qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Joriy yilning mart oyidan uchinchi sostav Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют