» » Xitoyda COVID-19’ga chalinganlar 83 611 kishiga yetdi. Janubiy Koreyada kasallangan soni bir sutkada 39 nafarga oshdi

Xitoyda COVID-19’ga chalinganlar 83 611 kishiga yetdi. Janubiy Koreyada kasallangan soni bir sutkada 39 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlandi, bemorlarning 19 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlari, shu jumladan, belgisiz holatlarning barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 611 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 693 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 284 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 110 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 39 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 551 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “TASS”

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, sutka davomida 147 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 201 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni 289 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 milliondan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют