» » Buxorodagi dorixonalarda virusga qarshi dori vositasi qolmagani ma’lum qilindi

Buxorodagi dorixonalarda virusga qarshi dori vositasi qolmagani ma’lum qilindi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi virusga qarshi qo‘llaniluvchi “Ergoferon” dori vositasining sotilishi bo‘yicha tekshiruv olib bordi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur preparat Buxoro shahrida so‘ngi marotaba 9-iyul kuni 40 ming so‘mdan 55 minggacha sotilgan. Buxoro tumani, Kogon shahri, Jondor va Peshku tumanlarida so‘nggi marta 13-iyul kuni 45 mingdan 48 minggacha xarid amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Koronavirusga qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud

G‘ijduvon, Shofirkon, Romitan tumanlarida yuqorida qayd etilgan dori vositasi o‘rtacha 42 mingdan 50 ming so‘mgacha sotilgan. Viloyatning Olot, Qorako‘l tumani aholisi uchun mazkur dori so‘nggi marotaba 10-iyul kuni 44 mingdan 48 minggacha sotilgan.

Hozirda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan “Ergoferon” dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagani ta’kidlanmoqda.

“O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yana boshqa viloyatlar kesimida vaziyatni o‘rganishda davom etadi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют