» » O‘zbekiston aholisi o‘tgan yarim yil ichida banklarga 2,2 mlrd dollar sotdi, 1,7 mlrd dollar esa — sotib oldi

O‘zbekiston aholisi o‘tgan yarim yil ichida banklarga 2,2 mlrd dollar sotdi, 1,7 mlrd dollar esa — sotib oldi


2020-yili yanvar—iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan jami miqdori 3,901 milliard AQSh dollariga teng chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar (sotish va sotib olish) amalga oshirilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 milliard AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 million dollarga oshdi (2019-yili — 1,399 milliard dollar). Faqatgina aprel oyida chet el valyutasini sotish hajmi sezilarli daraja tushib ketganini (172 million dollar) ko‘rish mumkin.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 milliard dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019-yilning mos davrida — 557 million dollar).

Ta’kidlanishicha, natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo 491 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 351 million dollarga (yoki 42 foizga) kamaydi.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning birinchi yarmida xorijdan jami 2,4 milliard dollarlik pul jo‘natmalari yuborilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori: “O‘z milliy valyutasida qarz oluvchi mamlakatlar kamroq xatarga yo‘liqadi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют