» » Mourinyo “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasidan chetlatilmagani haqida: “Bu sharmandali qaror”

Mourinyo “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasidan chetlatilmagani haqida: “Bu sharmandali qaror”


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Sport arbitraj sudi (CAS) “Manchester Siti”ning ikki mavsumga Yevrokuboklardan chetlatilgani borasidagi qarorni bekor qilgani haqida fikr bildirdi.

“Sharmandali qaror. Agar “Manchester Siti” aybdor bo‘lmasa, nega endi klub 10 million yevro jarima to‘lashi kerak? Aybsizlargina jarima to‘latmaydi. Agar “Siti” aybdor bo‘ladigan bo‘lsa, unda ham bu qaror sharmandali bo‘lib qolaveradi, chunki jamoani musobaqadan chetlatish zarur. Men “Manchester Siti”ning aybdor yoki aybsizligini bilmayman, biroq bu istalgan tomondan olib qaralganda sharmandali qaror.

“Tottenhem” bu — “Tottenhem”. Jamoa o‘z ish uslubini o‘zgartirishi kerak deb o‘ylamayman. Hozirgi ishimizdan mamnunman. O‘ylashimcha, bu moliyaviy feyr-pleyning tugashi”, — deydi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, avvaroq UEFA “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan va klubni ikki yilga Yevrokuboklardan chetlatgan, shuningdek, 30 million yevro miqdorida jarimaga tortgandi. Biroq CAS mazkur qarorni bekor qildi va jarima miqdorini 10 million yevroga tushirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют