» » O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish darajasi reytingida 87-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish darajasi reytingida 87-o‘rinni egalladi


Elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha BMTning yangi so‘rovida O‘zbekiston 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, infratuzilmaning cheklangan rivojlanishiga qaramay, O‘zbekistonda onlayn xizmatlar ko‘rsatish sezilarli yaxshilangan.

O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EHRI) 0,66 ni (2018 yilda — 0,62) tashkil etdi, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoridir.

Daniya 0,97 indeks bilan reytingda yetakchi bo‘ldi. Janubiy Koreya 0,95 indeks bilan Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston esa o‘z elektron hukumati bilan Markaziy Osiyoda peshqadam deb topildi. Mamlakatning reytingda qayd etilgan indeksi — 0,83 ni tashkil qildi. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 0,75 ni tashkil qilgan edi.

Sobiq ittifoq davlatlari reytingda quyidagicha o‘rin egallagan. Qozog‘iston 29-o‘rinda, Rossiya – 36, Belarus – 40, Gruziya – 65, Armaniston – 68, Ukraina – 69, Ozarbayjon – 70, Moldova – 79, Qirg‘iziston – 83, O‘zbekiston – 87, Tojikiston – 133, Turkmaniston esa 158-o‘rinda qayd etilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish konsepsiyasini tayyorlash haqida topshiriq berdi

EHRI uchta kichik indeksdan iborat: telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi, inson kapitali indeksi va onlayn xizmatlar indeksi. O‘zbekistonda ular mos ravishda 0,47; 0,74 va 0,78 ni tashkil etdi.

Ikkinchi asosiy ko‘rsatkichi — Elektron ishtirok etish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston reytingda 13-o‘ringa yuqorilab 46-o‘rinni egalladi. Bu ro‘yxatda 0,80 indeksiga ega bo‘lgan O‘zbekiston, Elektron ishtirok etish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar guruhiga kirdi.

Elektron hukumatning rivojlanish darajasi reytingi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Bu BMTga a’zo barcha davlatlarning elektron hukumatining rivojlanish darajasini baholaydigan yagona global hisobot.

Elektron hukumatni rivojlantirishda mamlakatlar duch keladigan muammolar sifatida cheklangan resurslar, raqamli infratuzilma va imkoniyatlar yetarli emasligi ko‘rsatiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют