» » Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi

Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlari shifoxonadan ketib qolgani, muassasa esa yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bunday xabarlar yolg‘on bo‘lib, haqiqatga to‘gri kelmadi. Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulovga rasman xat orqali murojaat qilib, 11—15-iyul kunlari mazkur shifoxonada dezinfeksiya, deratizatsiya, yuvish va chayish ishlarini olib borishga ruxsat so‘ragan.

“Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining roziligi asosida ayni paytda Chirchiq shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida yuqoridagi ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi viloyat hokimlifgi xabarida.

Shuningdek, shifoxonaning tibbiy xodimlarning karantin sharoitidagi mehnat faoliyatini baholashda, ularni rag‘batlashtirishda mavjud huquqiy hujjatlarga rioya etilmagani, karantinga olinganlar, koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishtiroki munosib baholanmayotgani haqidagi xabarlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Bildirilishicha, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlarni davolash bilan shug‘ullanmagan, karantinga olingan fuqarolardan laborator tahlillarni olish, infeksiya aniqlangan bemorlarni maxsus shifoxonalarga yo‘llanma asosida yuborishda qatnashgan.

“Bu holatda ular to‘liq siklda 14 kun davomida bemorlarni davolashda ishtirok etmagani inobatga olinadi va moddiy rag‘batlantirish tartibi shu jihatga asosan, bevosita bemorlarni davolashda qatnashgan shifokorlar bilan bir xil bo‘lmaydi.

Hech kim, hech bir tashkilot va idora Prezidentning ‘Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan me’yorlarni o‘zgartirgan holda qo‘shimcha rag‘batlantirishni amalga oshirishga haqli emas’, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan keyin Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalari karantinga yopildi. Ular qatoridan Respublika perinatal markazi, 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika, 6-sonli tug‘ruqxona, 62-sonli oilaviy poliklinika o‘rin olgan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi koronavirus aniqlangan shifoxonalarni 14 kunga yopish noto‘g‘ri bo‘lganini aytgandi. Shuningdek, Zangiotadagi maxsus klinika ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘lganini, agar kasallar sonining oshishi shu tarzda davom etsa, boshqa klinikalar ham koronavirusni davolash uchun moslashtirilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda OTM va kasb-hunar kollejlari talabalar turar joylarini karantinda saqlash joylariga moslashtirish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют