» » Moskva aholisi 16-iyuldan boshlab koronavirus testini bepul topshirishi mumkin bo‘ladi

Moskva aholisi 16-iyuldan boshlab koronavirus testini bepul topshirishi mumkin bo‘ladi


Moskva aholisi koronavirusga qarshi testni 16-iyuldan boshlab bepul topshirishi mumkin, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Testdan o‘tish uchun shahardagi 207 ta poliklinikada maxsus punktlar ochiladi. Shahar merining o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, har kuni 50 mingtagacha test olish imkoniyati mavjud.

27-maydan boshlab har bir fuqaro Moskvada koronavirusga antitanalar mavjudligini tekshirishi mumkin bo‘lgan. Sinovlar natijasiga ko‘ra, moskvaliklarning 22 foizida antitanalar bo‘lgan.

Avvalroq 15-iyuldan boshlab Rossiyaga kelgan odamlar uchun 14 kunlik majburiy izolyatsiya rejimi bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Jons Hopkins universitetining 15-iyul soat 16:50 dagi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 738 787 holat aniqlangan. Bemorlarning 511 958 nafari sog‘aygan, 11 597 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют