» » AQShda 3D-printer yordamida noyob elektrovelosiped yaratildi

AQShda 3D-printer yordamida noyob elektrovelosiped yaratildi


Kaliforniyada Superstrata startapi 3D-printer yordamida chop etilgan Ion nomli elektrovelosipedini taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek portali.

Elektrobayk ixtirochilarining ta’kidlashicha, avval ham shu turdagi velosipedlar yaratilgan. Biroq ularning konsepti dunyoda birinchi bo‘lib elektromotor hamda uglerod toladan foydalanilgan holda chop etilgan velosipedni birlashtirgan.

Velosiped Arevo kompaniyasi tomonidan yaratilgan 3D-printer texnologiyasi yordamida chop etilgan.

Superstrata Ion’ga quvvati 350 kVt/soatga teng batareya o‘rnatilgan. U bir marta quvvatlanish orqali 56 kilometr yo‘l bosishi mumkin va tezligi soatiga 25 kilometrga qadar yetadi.

Og‘irligi 11 kilogrammga teng velosiped narxi 3999 dollar. Ta’kidlanishicha, mazkur yangilik 2020-yilning dekabrida bozorlarda sotuvga chiqadi.

Avvalroq Belgiyada 3D-printer yordamida ikki qavatli uy yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xitoyda Formula-1 bolidining ishlaydigan uzatmalar qutisi 3D-printer yordamida chop etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют