» » Pro-Liga. “Neftchi” Toshkentda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Sho‘rtan” 5 ta gol urilgan bahsda “Turon”ni taslim etdi

Pro-Liga. “Neftchi” Toshkentda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Sho‘rtan” 5 ta gol urilgan bahsda “Turon”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Pro-Liganing 3-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin 15-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Neftchi” Toshkentda “Oqtepa” mehmoni bo‘ldi. Dastlab farg‘onaliklar 15-daqiqada Otabek Zokirovning penaltidan urgan golidan keyin oldinga o‘tib oldi. O‘yin yakunlanishi arafasida endi “Neftchi” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Uni Vladislav Fomin aniq bajardi.

Yana bir qiziqarli bahs “Sho‘rtan” va “Turon” jamoalari o‘rtasida kechdi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda g‘uzorliklar g‘alabani qo‘lga kiritdi va yaypanliklarning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.

“Istiqlol” jamoasi o‘z uyida “Zomin”ni qabul qildi va yirik hisobda taslim etdi. Rustam Abduhamidov, Fayzullo Jumanqo‘ziyev va Mo‘ydin Mamazulumovning gollari maydon egalariga g‘alaba keltirdi.

“Xorazm” — “Dinamo” uchrashuvi esa 16-iyul kuniga qoldirildi.

15-iyul kungi bahslardan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Pro-Liga

3-tur bahslari

15-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 15, penalti Otabek Zokirov, 1:1 – 81, penalti Vladislav Fomin.

Gollar: 1:0 – 3 Bekzod Suvonov, 2:0 – 47 Fahriddin Alimov, 2:1 – 49 Ismoil Ohunjonov, 3:1 – 83 Xudoyorxon Sagdullayev, 3:2 – 90+2 Asilbek Qayumov.

Gollar: 1:0 – 58 Rustam Abduhamidov, 2:0 – 61 Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 3:0 – 80 Mo‘ydin Mamazulumov.

Mavzuga doir: Pro-Liga o‘yinlari UzReport-TV hamda Futbol-TV telekanallarida namoyish etiladigan bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют