» » Yevropa davlatlaridan 220 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelindi

Yevropa davlatlaridan 220 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelindi


Varshava—Toshkent—Riga charter reysi orqali 220 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Avval xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, Latviyaning SmartLynx Airlines kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Varshava—Toshkent—Riga reysi amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.

Samolyot bortida Polshada koronavirus sababli belgilangan qator tartiblar tufayli qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari, talabalar, tadbirkorlar va migrantlar ortga qaytgan.

Shuningdek, mazkur reys bilan Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Avstriyada tahsil olayotgan 17 nafar o‘zbekistonlik talaba ham potaxtga olib kelingan.

Charter reys O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Tashqi ishlar va Transport vazirliklari bilan birgalikda, pandemiya paytida ortga qaytish istagidagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish maqsadida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 19-iyulgacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют