» » BMT: Afrika va Yaqin Sharqda 20 mln kishi ochlikdan halok bo‘lishi mumkin

BMT: Afrika va Yaqin Sharqda 20 mln kishi ochlikdan halok bo‘lishi mumkin


Yaqin olti oy ichida Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda 20 million kishi ochlik qurboni bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashi ochilishida uning bosh direktori Joze Gratsianu da Silva bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Agar biz hech qanday chora ko‘rmasak, yaqin olti oy ichida 20 millionga yaqin odam ochlikdan halok bo‘lishi mumkin”, — xitob qildi u.

“Ochlik odamlarni shunchaki o‘ldirmaydi, u ijtimoiy beqarorlikka olib keladi, shuningdek, odamlarni qashshoqlik hamda tashqi yordamga bog‘liqlikka mahkum etadi, bu holat o‘n yillar mobaynida saqlanadi”, — qo‘shimcha qildi da Silva.

Kengashda tashkilotning 2018–2019-yillar uchun ish dasturi va budjeti ko‘rib chiqiladi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют