» » Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini tasdiqladi

Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini tasdiqladi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini hukm surmoqda va mamlakat unga qarshi kurashmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Eron rasmiylari mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni qaytadan ko‘payayotganiga qaramasdan, mamlakat kasallikning birinchi to‘lqinini boshdan o‘tkazayotganini ta’kidlagan.

Hasan Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyining oxirida boshlangan birinchi to‘lqin aprel oyining o‘rtasigacha davom etgan va mamlakatning shimoliy va markaziy qismlaridagi provinsiyalarda tarqalgan. Ikkinchi to‘lqin esa mamlakat janubi va chegaralariga yopirilgan.

Prezidentning ma’lum qilishicha, ikkinchi to‘lqin 14-iyundan boshlangan va birinchi to‘lqindan ko‘ra kuchliroq bo‘lmoqda.

Ruhoniyning aytishicha, birinchi to‘lqindan keyin odamlar Eron koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi, deb o‘ylagan. Uning umid qilishicha, mamlakat keyingi oy davomida ikkinchi to‘lqindan ham o‘tishga muvaffaq bo‘ladi.

Eronda koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etilgan 19-fevraldan buyon COVID-19 bilan xastalanish bo‘yicha 262 mingta holat qayd etilgan, ulardan 13,2 mingtasi o‘lim bilan tugagan. Ayni paytda 225 mingdan ortiq odam kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют