» » Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 72-o‘lim

Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 72-o‘lim


Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda agentlikning rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

“Davlat xizmatlari agentligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Dehqonov Adhamjon Tojiboyevichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyilgan xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu xabarni hali rasman tasdiqlaganicha yo‘q.

15-iyul kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 13 va 14-iyul kunlari tizimning ikki nafar xodimi vafoti etganini ma’lum qilgan. Jumladan, 13-iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Shomahmudovning vafot etgani, 14-iyulda esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nafasovning vafoti munosabati bilan ta’ziya e’lon qilgandi. SSV oradan qariyb bir sutka vaqt o‘tganidan keyin ushbu xabarni tasdiqlab, 70 hamda 71-o‘lim sifatida o‘z statistikasiga qo‘shgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют