» » A Seriya. “Milan” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Napoli” yana ochko yo‘qotdi

A Seriya. “Milan” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Napoli” yana ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan uchta bahs 15-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Milan” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi. Dastlab mehmonlar Yasmin Kurtichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar Frank Kessie, Alessio Romanyoli va Hoqon Chalxono‘g‘luning kiritgan to‘plari bilan javob qaytardi.

Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Napoli” safarda “Bolonya” bilan bahs olib bordi. Avvaliga neapolliklar Kostas Manolasning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq maydon egalari o‘yin yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa “Milan” ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda “Napoli”ga (53) yetib oldi.

A Seriya

33-tur bahslari

15-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 44 Kurtich, 1:1 – 55 Kessie, 2:1 – 59 Romanyoli, 3:1 – 77 Chalxono‘g‘lu.

“Milan”: Donnarumma, Kyer, Romanyoli, Konti (Kalabriya, 46), Teo (Laksalt, 80), Kessie, Bonaventura, Bigliya (Bennaser, 56), Chalxono‘g‘lu (Krunich, 80), Ibragimovich, Rafael Leau (Rebich, 61).

“Parma”: Sepe, Brunu Alvesh (Dermaku, 46), Galolo, Darmian, Yakoponi, Grassi (Ernani, 63), Kurtich, Kulusevski, Brugman (Ingleze, 63), Jervinyo, Kornelius (Karamo, 14; Kaprari, 81).

Ogohlantirishlar: Grassi (33), Konti (33), Darmian (65).

Gollar: 0:1 – 7 Manolas, 1:1 – 80 Barrou.

Gollar: 1:0 – 8 Gabbyadini, 2:0 – 40 Bonatssoli, 3:0 – 53 Bonatssoli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют